O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 23-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot masalalari boʻyicha davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida barcha sohalar bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan asosiy vazifalar belgilab olindi. Iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga o‘zaro tayyorlik qayd etildi.  

Muzokaralar yakunida Keng qamrovli sherikchilik toʻgʻrisidagi deklaratsiya hamda Mintaqaviy va xalqaro bogʻliqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi imzolandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий