YXHTning Amaldagi raisining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida

 2022-yilning 2-4-iyun kunlari Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida Parlament, Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar, shuningdek, qator uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ular davomida O‘zbekistonning YXHT bilan o‘zaro hamkorligi va ikki tomonlama O‘zbekiston-Polsha munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Z.Rauning Samarqand shahriga tashrifi ham ko‘zda tutilgan olgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий