YXHT DIIHB delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT/DIIHB) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi delegatsiyasi rahbari Ursula Gachek bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va DIIHB o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekistonning YXHTning barcha institutlari, jumladan, DIIHB bilan o‘zaro hamkorligi sezilarli darajada faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Tomonlar konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.