YXHT Bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

 2023-yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Bosh kotibi Helga Shmid o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida YXHT Bosh kotibi B.Saidovni O‘zbekiston TIV rahbari lavozimiga tayinlangani bilan samimiy tabriklab, mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonning YXHT bilan o‘zaro hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi. Respublikaning Tashkilot tuzilmalari bilan hamkorligi YXHT faoliyatining barcha uch yo‘nalishi bo‘yicha jadal rivojlanmoqda.

YXHT va uning institutlari bilan ikki tomon manfaatlarga mos keladigan barcha sohalarda o‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni yanada mustahkamlash niyatida ekani ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий