Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Yuta shtati Senati prezidenti Styuart Adams boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston hududlari va Yuta shtati o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, jumladan, tomonlarni qiziqtirgan sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

“Katta tuzli ko‘l” (Great Salt Lake) qurishi va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha Yuta shtati tajribasini Orolbo‘yi mintaqasida amaliy qo‘llash masalasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий