YUNESKO vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov va BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilotining (YUNESKO) Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida YUNESKOning mamlakatimizda loyihaviy faoliyatini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. YUNESKO Bosh konferensiyasining 2025-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий