Yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar to‘g‘risida
2024-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor «CJ Group», «Youngone Corporation», «Hyundai Motor Group», Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi, Koreya sanoat federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Tomonlar ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda mavjud va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.