Yevropa tinchlik instituti Konfliktologiya markazi maslahatchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yil 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa tinchlik instituti Konfliktologiya markazi maslahatchisi Patrik de Vri bilan videokonferensaloqa shaklida muloqot o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, dunyo davlatlarining ushbu mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklash, afg‘on xalqiga gumanitar va boshqa yordamlar ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.
Yevropa tomoni O‘zbekiston tomonining Afg‘onistonning yangi hukumatiga nisbatan hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashdagi dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan birlashgan mintaqaviy pozitsiyani ishlab chiqish borasidagi qo‘ygan pragmatik qadamlarini yuqori baholadi.
Patrik de Vri Yevropa davlatlarining O‘zbekiston bilan Afg‘oniston yo‘nalishida kelishilgan harakatlari muhimligini alohida ta’kidladi.