Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Bosh kotibi bilan uchrashuv

 2023-yil 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidiqov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Bosh kotibi Kazuxiko Koguchi bilan muzokaralar oʻtkazdi.

YTTB Oʻzbekistonning yetakchi xalqaro moliyaviy va strategik sheriklaridan biridir. YTTB Oʻzbekistondagi 120 dan ortiq loyihalarga jami 3,7 milliard yevro investitsiya kiritgan. Mablagʻlar iqtisodiyotning turli tarmoqlariga, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalari, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda boshqa sohalarga yoʻnaltirilgan.

Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston va Bank oʻrtasidagi hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildilar. Xususan, YTTB Boshqaruvchilar kengashining shu yil may oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan 32-yillik yigʻilishini oʻtkazish masalalari muhokamasiga alohida eʼtibor qaratildi.

YTTB 1991-yilning 28-martida tashkil etilgan boʻlib, uning Bosh qarorgohi Londonda joylashgan. Oʻzbekiston 1992-yilning 30-aprelidan boshlab YTTB aʼzosi hisoblanadi .

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий