Yevropa tashqi harakatlar xizmati bosh kotibi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Yevropa tashqi harakatlar xizmati bosh kotibi Stefano Sannino bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, shuningdek, ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi.
Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muloqotlar, jumladan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.