Yevropa kengashi Prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

 

Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida "Ko‘ksaroy" qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.

Ushbu ezgu an’ana O‘zbekiston-YeI munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan oliy darajadagi muzokaralarning natijalarini mustahkamlaydi.

Bugun oliy martabali mehmon Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistondagi yangi ofisi ochilishida ishtirok etishi, Samarqand shahrining tarixiy-me’moriy obidalari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning mamlakatimizga tashrifi yakunlanadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий