Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo va inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakillari bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2023-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo va inson huquqlari bo‘yicha bo‘yicha maxsus vakillari Terhi Xakala va Imon Gilmor bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson huquqlari, gender tengligi va so‘z erkinligini ta’minlashda o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolash muhimligi qayd etildi.

“O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” va “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklida turli darajalarda rejalashtirilgan tadbirlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro siyosatning ayrim masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий