Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida

 2024-yil 1-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi O‘zbekiston-Yevropa munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xalqaro hamjamiyatning mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlari hamda Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika xabdan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami uchun turli yuklarni yetkazib berishda foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

T.Xakala O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy pozitsiyani mustahkamlash, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Tomonlar afg‘on masalalari bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий