Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2023-yil 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” fuqarolik jamiyati forumida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Xakalani qabul qildi.

Muloqot chog‘ida 2022-yilda oliy va yuqori darajada o‘tkazilgan ikki tomonlama va mintaqalararo tadbirlar yakunlari muhokama qilindi. Mamlakatimiz bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni barcha sohalarda yanada mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi. Tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tez fursatlarda imzolash uchun qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий