Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2023-yil 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus elchisi Tomas Niklasson o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, mamlakatga tezkorlik bilan gumanitar va boshqa yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Afg‘on muammosini tartibga solish va xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishda BMTning yetakchi roli muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar afg‘on muammosi bo‘yicha ham ikki tomonlama asosda, ham Markaziy Osiyo davlatlarining maxsus vakillari darajasida maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий