Yevropa Ittifoqi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yilning 11-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Yevropa Ittifoqi Elchisi Sharlott Adrian bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi, hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi hamda avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilish jarayoni ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama va mintaqalararo, jumladan, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklida boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий