Yevropa Ittifoqi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yil 5-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Yevropa Ittifoqi Elchisi Sharlotta Adrian bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Turli daraja va shakllarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar hamda tashriflar jadvali, shuningdek, ularning tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zaro manfaat kasb etadigan sohalarda hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий