Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2023-yilning 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hatori Takashi bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish, Afg‘onistonning mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatning tranzit salohiyatidan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘shma ta’lim va gumanitar loyihalarni amalga oshirish uchun Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi, shuningdek, “Termiz Cargo Center” transport-logistika xabi salohiyatidan birgalikda foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий