Yaponiya TIV delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha byurosi bosh direktori o‘rinbosari Ikegami Masaki bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar so‘nggi yillarda ijobiy sur’atlar bilan rivojlanayotgan O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligi kun tartibining dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqdilar.

Oliy va yuqori darajadagi avval erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirish, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarni davom ettirish, savdo-iqtisodiy sohada o‘zaro hamkorlikning mavjud mexanizmlaridan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, turizm va madaniyat sohalaridagi aloqalarni kengaytirish hamda turli darajalarda bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий