Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv toʻgʻrisida

 

2022-yil 24-dekabr kuni tashrif bilan Tokio shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi.

Tadbirda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va Oʻzbekiston bozoriga chiqishni rejalashtirayotgan Yaponiyaning “Mitsubishi Power Ltd.”, “Balcom Group”, “Mikado Development and Invest”, “Noritsuisu Co. LTD”, “Haneda Turtle Service”, “Nippon Investment Operating Corporation”, “Well Solu Co. Ltd” va “Japan Ecotex Co. Ltd” kabi yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi,

Soʻnggi yillarda Yaponiya biznesining Oʻzbekistonda hamkorlikni faollashtirishga qiziqishi sezilarli darajada oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oxirgi 5 yilda Yaponiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni yetti barobar oshdi. Ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning oʻsish surʼati kuzatilmoqda.

Yuqorida qayd etilgan kompaniyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishning borishi, ularning Oʻzbekistonda faoliyatini kengaytirishning istiqbolli yoʻnalishlari, shuningdek, iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.

Yaponiyalik ishbilarmonlar Oʻzbekistonda biznes yuritishda yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий