Yangi Zelandiya elchisi bilan uchrashuv
2024-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yangi Zelandiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Mark Julian Treynorni qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o‘zaro manfaatli hamkorlikning keng qamrovli kun tartibini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda muhim harakatlantiruvchi kuch bo‘lishi ta’kidlandi.
Muloqot davomida barqaror qishloq xo‘jaligi, sanoatni rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyot, tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik va boshqa istiqbolli yo‘nalishlardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.