Yangi O'zbekistonning yoshlar siyosati BMT Bosh Assambleyasining 77 – sessiyasining diqqat markazida
Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi bo'lib o'tmoqda.
Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov aynan yoshlar bugungi jarayonlarda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, uning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish bo'yicha erishilgan yutuqlar haqida ma'lumotlar havola etildi. Xususan, so'nggi besh yil ichida yoshlarning oliy ma'lumot olish darajasi 9% dan 29% gacha, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish esa esa 27% dan 67,2% gacha o'sganiga e'tibor qaratildi.
2023-yili O'zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari yoshlar Kengashining birinchi yig'ilishini o'tkazishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi. Vladimir Norov mazkur tadbir yangi g'oyalar va aniq takliflar uchun maydon bo'lishiga ishonch bildirdi.
BMTga a'zo davlatlarning ta'lim vazirlari joriy yilning 14-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda o'tkaziladigan Bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha Butunjahon konferensiyasiga taklif qilindi. Ushbu anjuman umuminsoniy, adolatli va sifatli ta'limni ta'minlash uchun ilg’or tajribalarni almashishga xizmat qiladi.