Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi BMT minbarida taqdim etildi

 

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida so'nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli jadal demokratik islohotlarga to'xtalib o'tdi.

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilish jarayoni haqida ma’lumotar havola etildi. Mazkur dasturiy hujjat mamlakatimizda o'tgan besh yil ichida amalga oshirilgan islohotlar natijalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo’lib, u demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan. Bundan tashqari, Strategiya Barqaror rivojlanish maqsadlarini jadal va har tomonlama amalga oshirish bo'yicha sa'y-harakatlarni kuchaytirishga qaratilgan.

Xususan, 2030-yilga kelib, O'zbekiston kambag'allik darajasini ikki baravar kamaytirish, barcha muhtojlarni qamrab olgan holda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, aholi daromadi o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori bo'lgan mamlakatlar qatoriga kirishni rejalashtirmoqda.

Bosh assambleya 77-sessiyasi ishtirokchilarining e'tibori mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarga qaratildi. Mazkur jarayonlarning asosiy ma'no va mazmuni "Inson sha'ni va qadr-qimmati uchun" tamoyilida aks etgani ta'kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий