Xorvatiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv

 2025-yilning 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullaev qarorgohi Ostona shahrida bo‘lgan Xorvatiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Refik Shabanovich bilan videokonferensaloqa formatida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvning asosiy kun tartibidan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin oldi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarini Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natishning tashkiliy masalalari va qonunchilik bazasini yaratish maqsadida mutaxassislarni jalb qilish muhokama qilindi.

Tomonlar tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish va ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish zarurligini qayd etdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий