Xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini o‘rganish uchun mamlakatimizga kelgan “Thermoplan” kompaniyasi bosh direktori Adrian Shtayner hamda “HP Inc.” va “Unitex Group” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV rahbari oʻrinbosari mehmonlarga Oʻzbekistondagi investitsion va ishbilarmonlik muhiti, Hukumat tomonidan xorijiy tadbirkorlik subʼyektlarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi saʼy-harakatlari, shuningdek, xorijiy investitsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berdi. 

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va ushbu xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston bozoriga kirishi istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий