XMTning Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy koordinatori bilan uchrashuv to'g'risida

 

2023-yil 28-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy koordinatori Zeynal Gajiyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston va Xalqaro migratsiya tashkiloti o’rtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollarini, shu jumladan Afg'oniston yo'nalishidagi hamkorlikni muhokama qildilar.

Zeynal Gajiyev O'zbekistonning Afg'onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o'rnatishda muhim o’rin tutishini ta'kidladi.

XMT delegatsiyasiga O'zbekistonning afg'on xalqiga gumanitar yordam ko'rsatish, jumladan, Termiz shahridagi Xalqaro ko'p funksiyali transport-logistika xabi orqali ko’maklashish hamda usbhu mamlakatni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash borasidagi sa'y-harakatlari haqida ma'lumot berildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий