XMT missiyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2025-yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) O'zbekistondagi missiyasi rahbari Endryu Grey bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi migratsiya sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, fuqarolarni jo‘nab ketish oldidan tayyorlash, tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий