Xitoyning yirik kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar haqida
2024-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida Chengdu shahrida «Minyoun Group» kompaniyasining raisi Chjan Tszyanmin va «Shudao Investment Group» kompaniyasining raisi Chjan Chjenxun bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida turizm va mehmondo‘stlik sanoati sohalarida zamonaviy va qulay infratuzilma yaratish orqali ishlatilmayotgan potentsialni ochish uchun samarali hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, yo‘l infratuzilmasini qurish bo‘yicha Xitoy tajribasini jalb qilish, investitsion hamkorlikni rivojlantirish va boshqa ikki tomonlama aloqalarning muhim jihatlari ko‘rib chiqildi.