Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

 

2023-yil 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Suhbat avvalida Baxtiyor Saidov va Sin Gan bir-birlarini TIV rahbari lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrikladilar.

Ikki davlat rahbarlarining ishonchli muloqoti va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli bugungi kunda Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlari misli koʻrilmagan yuksak bosqichga koʻtarilib, mustahkam xususiyat kasb etgani va jadal tus olgani qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar, TIV va tegishli vazirliklar o‘rtasida faol muloqot olib borilmoqda.

Ikki va ko‘p tomonlama shakldagi rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali va ularga tayyorgarlikning turli jihatlari ko‘rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Xitoyning pozitsiyalari o‘xshashligi ta’kidlandi. 

Tomonlarning BMT, ShHT va boshqa tashkilotlar doirasida yaqin mubosabatlarni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni jadallashtirish va transport-kommunikatsiya sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlarining telefon orqali muloqoti ochiq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sherikchiligini yanada rivojlantirish maqsadida amaliy aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий