Xitoy elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2025-yil 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi O‘zbekiston-Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Joriy yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий