Xitoy Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida

 

2023-yil 3-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yanni qabul qildi.

Oʻzbekiston TIV rahbari mehmonni qutlar ekan, Elchining Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlari va har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashga qoʻshgan izchil faoliyati va salmoqli hissasini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki davlat rahbarlarining ishonchli muloqoti va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli bugun Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlari misli koʻrilmagan yuksak darajaga koʻtarilib, tizimli va jadal tus olgani, madaniy-gumanitar, ilmiy-maʼrifiy aloqalar kengayotganligi taʼkidlandi. 

Szyan Yan, oʻz navbatida, Xitoyning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatida o‘zbekiston tomonidan har tomonlama koʻmak bergani uchun minnatdorlik bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий