Xalqaro ekspert bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2022-yilning 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti Loyiha ofisi tarkibidagi aloqalar bo‘yicha ekspert Jonatan Charlzni qabul qildi.

J.Charlz Yangi O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’minlash va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholadi.

Axborot-kommunikatsiya sohasidagi o’zgarishlar jarayonida ilg‘or xorijiy tajriba, zamonaviy IT-texnologiyalar va tahliliy usullarni o‘rganish va joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekistonda ichki kommunikatsiyalarni mustahkamlash, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqildi.

J.Charlz bundan buyon ham tegishli sohalarda O‘zbekiston hukumatiga faol yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий