Vilnyusda O‘zbekiston Savdo uyi ochildi

 

Litva poytaxti Vilnyus shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov “UZ Euro Trade House” O‘zbekiston savdo uyining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tantanali marosimda Litva hukumati, jamoat va ishbilarmon doiralari, ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Litva o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdoni faollashtirishga xizmat qiladigan ushbu mexanizmning ishga tushirilishi O‘zbekiston va Litva o‘rtasidagi aloqalarning har tomonlama rivojlanib borayotganining yorqin ifodasi ekanligi ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, savdo uyining ishga tushirilishi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi amaliy sheriklik va natijaga yo‘naltirilgan mazmunli muloqotni sezilarli darajada faollashtirishi shubhasiz.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий