Vetnam delegatsiyasi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yil 13-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Tashqi aloqalar bo‘yicha komissiyasi raisining ijrochi o‘rinbosari Nguyen Txi Xoang Van boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Vetnam hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Iqtisodiy va xalq diplomatiyasini faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat turli partiyalarining o‘zaro aloqalari masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli ko‘plab sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning foydalanilmagan ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.