Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv haqida
2025-yilning 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Vengriya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yojef Roja bilan uchrashdi.
Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda yaqin istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Vengriya sarmoyalarini O‘zbekiston bozoriga jalb etish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, madaniy-gumanitar sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish ustida faol ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.