Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2023-yilning 31-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Vengriya kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar, ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.