Vengriya Elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
2023-yilning 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Vengriyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Gyula Kovachni qabul qildi.
Elchining mamlakatimizdagi faoliyati davomida O‘zbekiston-Vengriya ikki tomonlama munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga olib chiqishdagi muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.
O‘z navbatida, Elchi har tomonlama qo'llab-quvvatlagani va diplomatik faoliyatini amalga oshirishdagi yaratilgan sharoitlar uchun O'zbekiston tomoniga chuqur minnatdorlik bildirdi.