Vazirning birinchi o'rinbosari Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Global forumi kotibiyati rahbari bilan uchrashdi

 

2022 yilning 17-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidiqov Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Soliqqa tortish borasida shaffoflik va axborot almashish bo'yicha Global forum kotibiyati rahbari Zayda Manatta bilan uchrashuv o'tkazdi.

Suhbat chog'ida O'zbekistonda xalqaro standartlarni joriy etish, o’zaro almashuvni tubdan yangi bosqichiga o'tish, soliq to'lashdan bo'yin tovlash, pul yuvish masalalariga barxam berish va korrupsiyaga qarshi kurashish imkonini beruvchi Global forum faoliyatida ishtirok etishining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Z. Manatta O'zbekistonning Global forumga qo'shilishining muhimligini ta'kidlab, xalqaro soliq axboroti almashinuvi tizimini takomillashtirishda texnik ko'mak berish va har tomonlama yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirdi.

Suhbat davomida O'zbekistonning birinchi navbatda xalqaro iqtisodiy munosabatlarga integratsiyalashgan raqobatbardosh bozor iqtisodiyotini barpo etishga qaratilgan har tomonlama iqtisodiy islohotlar va o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirishga sodiqligi haqida ma'lumot berildi.

Dunyoda global shaffoflikni ta'minlash va soliq axborot almashinuvining xalqaro standartlarini joriy etish maqsadida Global forum (GF) 2000 yilda tashkil etilgan. Hozirda 164 davlat tashkilotga a'zo hisoblanadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий