Vazirlikda Bangladesh Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Bangladesh Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Bangladesh turli sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi. Shu nuqtayi nazardan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik uchun mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, xususan, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий