USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi missiyasi direktori Devid Xofman bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekistonning USAID bilan hamkorligini batafsil ko‘rib chiqdilar va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

Sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, energiya xavfsizligini mustahkamlash va xalqaro savdoni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий