Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi qabul qilindi

 

11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yakunlayotgan Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Mikola Doroshenkoni TIVda qabul qildi.

Ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha batafsil fikr almashildi. O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo hajmidagi kuchli ijobiy dinamikasi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yillar davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni boyitish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun elchiga minnatdorlik bildirildi va yangi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий