Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv

 

2024-yil 15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Axmet Gurbanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari ikki va ko‘p tomonlama munosabatlardagi ijobiy sur’atni davom ettirish uchun mustahkam poydevor yaratgani alohida ta’kidlandi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash masalalari hamda bo‘lajak tadbirlar jadvalini muhokama qildilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий