Turkmaniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

 2024-yil 5-dekabr kuni Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmonov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri R.Meredov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekiston-Turkmaniston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq izchil mustahkamlanib bormoqda.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, transport-energetika, sanoat, shuningdek, suv resurslarini boshqarishda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий