Turkmaniston Elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

 

2023-yil 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yazguli Mammedovni qabul qildi. 

Elchi ikki qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda bevosita ishtirokchi bo’lganligi alohida qayd etildi.

O‘z navbatida, Elchi har tomonlama qo'llab-quvvatlagani va diplomatik faoliyatini amalga oshirishdagi yaratilgan sharoitlar uchun O'zbekiston tomoniga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий