Turkmaniston Elchisi bilan uchrashuv haqida

 

2022-yil 23-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Furqat Siddiqov Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yozquli Mammedov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O'zbekiston-Turkmaniston yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi bo'lajak tadbirlarga tayyorgarlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Y.Mammedov O'zbekiston tomoniga Elchixona  faoliyatini barcha yo’nalishlarida qo’llab-quvvatlayotgani, jumladan, Turkmanistonga turli darajadagi tashriflarni tashkil etish borasida doimiy yordam uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, transport-tranzit, gumanitar va boshqa sohalarda istiqbolli loyiha va dasturlarni birgalikda amalga oshirish muhimligini ta'kidladilar.

Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv samimiy va do'stona ruhda o'tdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий