Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2025-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev O‘zbekiston Respublikasidagi Turkiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ufuk Ulutash bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha qo‘shma choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar tizimli muloqotni davom ettirishga o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar hamda hamkorlikning qo‘shma mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий