Turkiyaga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Turkiya Respublikasi joriy yilning 1-iyunidan boshlab barcha chegara nazorat nuqtalaridan Turkiyaga kirib kelishda ko‘pi bilan 72 soat avval o‘tkazilgan salbiy natijali PZR-test tahlili yoki kechi bilan 48 soat mobaynida o‘tkazilgan salbiy antigen test tahlilini o‘tkazish majburiyati bekor qilindi.
Turkiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqa shartlar (emlanganlik yoki tuzalganlik ma’lumotnomasini taqdim etish) ham bekor qilingani bildirildi.