Turkiya TIV bilan telefon orqali muloqot

 

11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari kun tartibidan o‘rin oldi. Bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, O‘zbekiston va Turkiya strategik sherikligini mustahkamlash yo‘llari, shuningdek, mintaqaviy va global mavzular muhokama qilindi.

Tashqi ishlar vazirliklari mamlakatlarimiz o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettirishiga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий