Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2024-yil 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, xalqaro hamjamiyat, shuningdek, O‘zbekiston va Turkiyaning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorligini kengaytirish borasidagi chora-tadbirlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar Afg‘onistondagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun ikki tomonlama muntazam aloqalarni davom ettirish zarurligiga kelishib oldilar.
Turkiya Elchisi O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit mintaqaviy pozitsiyasini rivojlantirish, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.