Turkiya Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan o‘tkazgan uchrashuvida O‘zbekiston-Turkiya har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda oliy darajadagi ishonchli muloqot tufayli O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan surʼatlarda rivojlanib, amaliy mazmun bilan boyimoqda.

Ikki mamlakat parlamentlari, hukumatlari, vazirliklari, idoralari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida qizg‘in va samarali aloqalar olib borilmoqda.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, tashqi ishlar vazirlari darajasidagi Strategik rejalashtirish guruhi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlislariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqidi.

O‘zbekiston va Turkiya Rahbarlarining uchrashuvlari yakunida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni jadallashtirishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий